Воскресенье, 19.05.2024, 12:00
Sizga salomlar bo'lsin, Mehmon
Bosh sahifa » Fayillar » Taomlar » Shirinliklar

Asalli “Yeyishga ulgurib qol” torti (медовый )
14.07.2013, 15:04

Internetda ushbu rasmni ko’rganimdan keyin

 kun bo’yi bu tort miyamda   aylanib yurdi, 

kechga yaqin esa uni tayyorlab ko’rmasam

 uxlolmasligimni angladim. Tayyorlab yeb ko’rganimda 

esa  uning mazzasini hozir so’z bilan ta’riflash qiyin.

medoviy tort, foto

Xullas bunga vaqt ajratganimdan 

afsuslanmagan holda sizlar ham tavsiya qilmoqchiman.

Kerakli masalliqlar:

Xamir uchun:

-          3ta tuxum

-          70gr saryog’

-          1,5 stakan shaker

-          3osh qoshiq asal

-          5stakan un (undan bir stakani xamir yoyishga kerak bo’ladi)

-          3choy qoshiq soda

-          Ozgina uksus

Tort kremi uchun kerakli masalliqlar:

- 1stakan shaker (yoki shaker upasi)

-  300 gr  qaymoq

- 300gr saryog’

- 200 gr qora olxori

 

  Tayyorlanishi:

Ushbu tortni tayyorlashdan oldin qora olxo’rini qaynagan suvda ivitib qo’yishni tavsiya etamiz.






Tort tayyor bo’lishidan bir necha soat oldin

 saryog’ erishi uchun muzxonada olib chiqishni unutmang!!!

 Xamirni tayyorlaymiz. Idishda

 tuxum va asalni  solamiz va yaxshilab 

bir-biri bilan ezamiz. So’ng unga yumshoq

 saryog’, shaker va 4 stakan unni solamiz. 

Sodani uksus bilan aralashtiramiz va idishga

 solib xamir qoramiz. Tayyor xamirni 6ta 

uzvolachalarga bo’lamiz. Har bitta uzvolachani

 yoyamiz va ketma-ktelikda 180 gradus haroratidagi

 duxovkada pishirib olamiz. Xamirimiz yupqa bo’lgani

 yaxshi ortib qolgan xamirni bittasiga birlashtirib yana

 bitta qavat uchun ham pishirib olishimiz mumkin.

 Xamirlarimiz tayyor bo’lgandan so’ng qaymoqli kremni tayyorlaymiz.

  Qaymoqni yaxshilab ko’pirtiramiz va sekin unga shaker solamiz.

  Keyin unga yumshoq saryog’ni qo’shib yaxshilab mikser yordamida aralashtiramiz.

Tort tayyor bo’lishidan bir necha soat oldin saryog’ erishi uchun muzxonada olib chiqishni unutmang!!!






Endi tortni tayyorlaydigan podnisni olamiz.

  Qora olxo’rini kesib tayyorlab qo’yamiz. 

Unga birinchi xamirni qo’yib ustidan saryog’  

surtamiz va olxo’ri bo’laklaridan  sepamiz. Ustiga 

ikkinchi qavat qo’yib, avalgi harakatlarimizni takrorlaymiz. 

Shu tarzda hamma xamirni qilib, tortni tayyorlaymiz. 

Tepasiga esa chekalaridan qolgan xamirni maydalab yoki maydalangan kokos,

 yoki yong’oq sepib bezatib qoyishingiz mumkin. Tortni muzlatkichga qo’yamiz.

Hammaga tort qancha vaqt muzlatkichda turishi kerak, 

degan savol qiziq bo’lsa kerak. Aniq hech narsa deyolmiman,

 bu xamir qavatlari va uning qalingligiga bog’liq. Lekin, tog’risini 

aytsam tort bir kun mobaynida  muzlatkichda tursa takrorlanmas

 ta’mga ega bo’ladi. Agar qolsa albatta 

Kategoriya: Shirinliklar | Qo'shdi: Admin
Просмотров: 2679 | Yuklab olganlar: 0 | Obrosi: 5.0/1
Barcha kommentariyalar: 0
Faqatgina ro'yatdan o'tganlargina kommentariya qoldirishi mumkin kechirasiz.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]