Bosh sahifa » Fayillar » Kompyuter uchun » O'yinlar |
KOMPYUTER VIRUSLARI
26.06.2013, 15:04 | |
Hamma
kompyuter viruslari ham bir xil tarzda harakat qilmaydi. Ularning
ko’payishi va kompyuteringizni zararlash usullari ham turlicha. Hozirgi
kunga kelib kompyuterga zarar yetkazuvchi programmalar va virus turlari juda ko’p. Kompyuteringizda
antivirus tomonidan ushlangan viruslarning qaysi turga kirishini bilish
sizga nima beradi? Birinchidan, sizga bu virusga qarshi qanday samarali
kurashishda yordam berish mumkin. Ikkinchidan, bu viruslarning qanday
zarar yetkazishi mumkinligini bilib olasiz, keyinchalik bunday
viruslardan ogoh bo’lasiz. Uchinchidan, bu ma’lumotlar sizning kompyuter
savodxonligingizni oshishiga yordam beradi degan umiddaman. Quyidagi umumiy tavsifda ularning eng asosiy turlari keltirilgan: Troyanlar (Trojan Horses) –
Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo’llagan hiylasi,
ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta
yog’och ot sovg’a qilishlari va bu otning troyaliklar mag’lubiyatiga
olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi
"hosiyatsiz sovg’a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet
dunyosida troyanlar "hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga
muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar
kompyuteringizga o’rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida
o’zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga
noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o’zlarining yaratuvchisi
(cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga
oshiradilar. Troyanlar o’z-o’zidan ko’paymaydi, lekin kompyuteringiz
xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni
o’chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga
jo’natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga
oshirishi mumkin. Chuvalchang viruslar (Worms) –
Chuvalchang viruslar o’z nomiga mos ravishda juda tez o’z-o’zidan
ko’payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yoli intranet
tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar
yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatan
ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta
ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik
joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo’li
bilan kompyuteringizga o’rnashib olishi mumkin. Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) –
Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (загрузка) uchun
foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu
virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin kompyuter ishlamay qolishi
mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi. Makro viruslar (Macro viruses) –
Macro viruslar bu – o’zlarining tarqalishi uchun boshqa bir
programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular
odatda Microsoft Word yoki Excel xujjatlarini zararlaydi. Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) -
Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va
zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun
boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o’zlarining ishga tushishga yordam
bergan virus yopilgan bo’lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning
uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan. Rootkit viruslari (Rootkit viruses) –
Rootkitlar viruslar orasida o’zlarining eng xavfliligi va yashirinishga
ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkitlar kompyuteringizni
yovuz hakerlar tomonidan qo’lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi
rootkitlarni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular
o’zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko’rsatishadi. Rootkitlar
odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o’rnatiladi. O’zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) –
Bu viruslar nafaqat o’z-o’zidan ko’payadi, balki ko’paygan paytda
o’zlarining kodlarini ham o’zgartirib turishadi. O’zgaruvchan viruslarni
aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin. Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) –
Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi
tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan
viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda
kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’chirib tashlab sizga "sovg’a” taqdim
etishi mumkin
| |
Просмотров: 1813 | Yuklab olganlar: 0 | Obrosi: 5.0/1 |
Barcha kommentariyalar: 0 | |
Faqatgina ro'yatdan o'tganlargina kommentariya qoldirishi mumkin kechirasiz.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]